5 - sinflarga O'zbek tili fanidan nazorat ishi testlari (choraklik)
I-chorak
1. Biz, siz, ular - qanday olmoshlar?
A. Ko`rsatish
B. Kishilik
C. So`roq
D. Belgilash
2. Qaysi yuklama so`zlarga qo`shib yoziladi?
A. - chi
B. - mi
C. - a
D. - ya
3. – lar qo`shimchasi qaysi gapda hurmat ma`noda qo`llangan?
A. Soat uchlarda kelaman.
B. Kechqurunlari havo salqin.
C. Ustozlarimdan ko`p narsalarni o`rgandim.
D. Aziza opamlar juda mehribon.
4. Nuqtalar o`rnini to`ldiring. Kattalarni hurmat…. , kichiklarga yordam ……
A. qil, ber
B. kel, yoz
C. o`qi, gapir
D. bor, ayt
5. Uy-ro`zg`or buyumlari qaysi qatorda berilgan?
A. ruchka, qalam,daftar
B. ro`mol, ko`ylak, tufli
C. kitob, jurnal, gazeta
D. kosa, choynak, chelak
6. Qaysi qatorda maqol berilgan?
A. Aziza do`stiga xat yozdi
B. Kitobni yirtma
C. Ko`p o`yla, oz gapir
D. Kattalarni hurmat qil
7. Qaysi qatorda so`roq olmoshlari berilgan?
A. kim, nima, qachon
B. Har kim, har nima, hamma
C. Men, sen, u
D. Bu, shu, o`sha
8. Qaysi javobda so`roq yuklamasi berilgan?
A. Kim g`olib chiqdi?
B. Musobaqaga kelasiz – a?
C. Tomosha qachon boshlanadi?
D. Yig`ilishga nechta ota – ona qatnashdi?
9. ,,Kitob’’ so`ziga mos so`zni toping.
A. baland
B. uzun
C. qiziq
D. katta
10. Kimning? Nimaning? qaysi kelishikning so`roqlari?
A. Bosh
B. Qaratqich
C. Tushum
D. Jo`nalish
11. Qaysi javobdagi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda so`z oxirida o`zgarish sodir bo`ladi?
A. Terak, kitob, maktab
B. Bosh, yurak, buloq
C. Og`iz, ko`z, quloq
D. Istak, burun, qishloq
12. Nuqtalar o`rniga qaysi unli qo`yiladi? R…yxat, n… xat, x … jalik, …tloq
A. u
B. o`
C. e
D. yu
13. Qaysi javobda qaratqich kelishigi egalik qo`shimchasi bilan birgalikda qo`llangan?
A. Bugun dugonamning tug`ilgan kuni.
B. Vatanni yashnataylik!
C. Bizning maktabimiz uch qavatli.
D. Kitob javonida badiiy kitoblar bor.
14. Qaysi qatorda egalik qo`shimchalari berilgan?
A. –im, -ing, -si
B. –di, -lar, -si
C. -ning, -ni
D. –da, -dan
15. ,,Maktabning” so`zi qaysi kelishikda kelgan?
A. tushum
B. jo`nalish
C. qaratqich
D. chiqish
16. Ko`plik qo`shimchasini toping.
A. - dan
B. -ga
C. - moq
D. - lar
17. Berilgan so`z yordamida so`z birikmasini tuzing.
Osmon …..
A. yashil
B. go`zal
C. ko`rimsiz
D. moviy
18. ”Mening kuylarim” she`ri muallifi kim?
A. G`afur G`ulom
B. A.Akbar
C. Safar Barnoyev
D. P.Mo`min
19. Qaysi kelishikning qo`shimchasi bo`lmaydi?
20. Umumiylikni ifodalovchi belgilash olmoshlarini atang.
21.”To`p” she`ri muallifi kim?
22. Har kimning sevimli fani bo`ladi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi mavjud?
23. Navoiy, Bobur bo`lib, Zuhro-yu Tohir bo`lib...Qaysi she`rdan parcha?
24. Maqolni davom eting. Bilimli kishi o`zar , …..
25. Ko`rsatish olmoshlarini atang.
II-chorak
1. Kishilik olmoshlari berilgan qatorni toping?
A. Qachon? qayer? kim? nima?
B. Hamma, barcha, bari
C. Men, sen, u, biz, siz, ular
D. Bu, shu, ana, mana
2. Qaysi qatordagi so`zlarga tushum kelishigi qo`shimchasi qo`shilganda bitta n harfi tushib qoladi?
A. ana shu, mana bu
B. men, sen
C. har kim, har qaysi
D. biz, siz
3. Nuqtalar o’rniga – ning qo’shimchasi qo’yiladigan gapni toping?
A. Mevalar … doim yuvib yeyish kerak.
B. Ob- havo … kuzatib turishdi.
C. Bugun singlim … tug’ilgan kuni.
D. Fikr . . . yaxshilab tushunib ol.
4. Mendan rozi bo’linglar. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo’llangan?
A. belgilash olmoshi
B. kishilik olmoshi
C. so’roq olmoshi
D. ko’rsatish olmoshi
5. Hamma, barcha, bari olmoshlarining turini aniqlang.
A. belgilash olmoshi
B) so’roq olmoshi
C. kishilik olmoshi
D. ko’rsatish olmoshi
6. Tushum kelishigi qaysi gapda belgisiz qo`llangan?
A. Men kuzni yoqtiraman.
B. Shamol barglarni yerga to`kdi.
C. Opamga olma terishda yordamlashdim.
D. O`sha ertakni men ham o`qidim.
7. Saida bunga ham e’tibor berdi. Ushbu gapda olmoshing qaysi turi qo’llangan?
A. kishilik olmoshi
B. ko’rsatish olmoshi
C. so’roq olmoshi
D. belgilash olmoshi
8. Quyidagi javoblardan qaysi birida ko’rsatish olmoshi berilmagan?
A. bu, shu
B. u, o’sha
C. ana, mana
D. har bir, har kim
9. Dadamlar sayohatdan qaytdilar. -lar qo’shimchasi qanday ma’noda kelgan?
A. ko’plik ma’nosida
B. gumon ma’nosida
C. payt ma’nosida
D. hurmat ma'nosida
10. Tozalik ishlariga men javobgarman. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo'llangan?
A. ko'rsatish olmoshi
B. so'roq olmoshi
C. kishilik olmoshi
D. belgilash olmoshi
11. Qaysi gapda jo`nalish kelishigi qo`llangan?
A. Bugun kutubxonaga boraman.
B. Maktabdan o`n ikkilarda kelaman.
C. Dugonamni tabrikladim.
D. Darslardan yaxshi o`qiyman.
12. Kimda? nimada? qayerda? qaysi kelishikning so`roqlari?
A. Tushum
B. Jo`nalish
C. O`rin-payt
D. Chiqish
13. O`tgan zamon hikoya fe`li qaysi javobda berilgan?
A. boribsiz, kelibman
B. yozaman, ko`rganman
C. yordamlashdim, o`qidim
D. tayyorlayapman, chizyapman
14. Chiqish kelishigi qanday savollarga javob beradi?
A. kimga? nimaga?
B. kimning? nimaning?
C. kimdan? nimadan ?
D. kimda? nimada?
15. Qaysi javobda tushum kelishigidagi so`zlar berilgan?
A. onamning, do`stimning
B. Vatanimizni, ukamni
C. maktabda, kinoda
D. gazetadan, kitobdan
16. Maktabda, uyda, ko`chada so`zlari qanday so`roqqa javob beradi?
A. Nimada ?
B. Qachon ?
C. Kimda ?
D. Qayerda ?
17. O`zbek tilida nechta
A. 5ta
B. 6ta
C. 3ta
D. 7ta
18. Siz qaysi ertaklarni o`qigansiz? Fe`lning shaxs-sonini aniqlang.
A. II shaxs,birlik
B. I shaxs, birlik
C. III shaxs, ko`plik
D. II shaxs, ko`plik
19. Qanday sport turlarini bilasiz?
20. – mi, - chi, - a, - ya qanday yuklamalar?
21.“ Ustozlar ” she’rining muallifi kim?
22. O`tgan zamon hikoya fe`li yasovchi qo`shimchani atang.
23. Maktabdan soat o'n ikkilarda kelaman. -lar qo'shimchasi qanday ma'noda kelgan?
24. – dan qaysi kelishikning qo`shimchasi?
25. Unga kitob terganman. Do`stlar qarashar. Qaysi she`rdan parcha?
III-chorak
1. Predmetning xususiyatini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda?
A. Shirin, achchiq, nordon
B. novcha, og`ir, katta
C. kamtar, xushfe`l,sho`x
D. devoriy,tonggi,xushbo`y
2. Qaysi so`zlar xususiyatni bildiruvchi sifatlar hisoblanadi?
A. andishali, sho’x
B. qimmatli, egri
C. pushti, qirmizi
D. mazali, yumaloq
3. Qaysi qatorda sonlarni yozishda imlo xatoga yo`l qo`yilgan?
A. bitta, ikkita
B. uchchala, to`rttala
C. besh-o`n, yeti-sakkiz
D. mazali, yumaloq
4. Dona son ishtirok etgan gapni toping.
A. Bu sinfda yigirma beshta o`quvchi ta`lim oladi.
B. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi.
C. Shahrimizda o`nlab teatrlar bor.
D. Ikkovimiz ham pastga tushdik.
5. Taqsim son qaysi gapda mavjud?
A. Hozir uyda shunaqa antiqa bodringdan to`rttasi bor.
B. Yerga ikki dona bodring tushibdi.
C. Ularning ikkovi ham jim qolishdi.
D. Bemorlar palatalarga to`rttadan joylashtirildi.
6. Biz doimo musobaqada birinchi, siz ikkinchi. Sonning turini aniqlang.
A. sanoq son
B. tartib son
C. dona son
D. taqsim son
7. Tartib son ishtirok etgan gapni toping.
A. Birinchi iyun–xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
B. Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi.
C. Opam bizga uzgan olmalardan to`rttadan berdi.
D. Kampir uch nafar qizlari bilan yashar edi.
8. Yetti o`lchab, bir kes. Gapda sonning qaysi turi qo`llangan?
A. Dona son
B. Tartib son
C. Sanoq son
D. Taqsim son
9. Qaysi javobda yaqin o`tgan zamon fe`li mavjud?
A. Mehnat baxt keltirar.
B. Izlangan maqsadiga yetadi.
C. Maktab hovlisiga nihollar ekdik.
D. Darsdan keyin sport to`garagiga boraman.
10. Sho`r ovqat sog`lik uchun zararli. Gapda sifatning qaysi belgisi mavjud?
A. Rang – tusi
B. Maza - ta`mi
C. Hajmi
D. Shakli
11. Hajm – o`lchov sifatlari berilgan qatorni toping.
A. mazali, chiroyli
B. oq, mayin
C. odobli, sho`x
D. katta, kichik
12. Orttirma darajali sifat berilgan qatorni toping.
A. eng go`zal, juda baland
B. kattaroq, yaxshi
C. nordon, chuchuk
D. tekis, ravon
13. Taqsim son qatnashgan gapni toping.
A. Forobiy 70 dan ortiq til bilgan.
B. Navoiy 1441-yili tug`ilgan.
C. Har birimiz uchtadan masala yechdik.
D. Yetti o`lchab, bir kes.
14. Qaysi gapda xarakter – xususiyat bildiruvchi sifat qatnashgan?
A. Sanamay sakkiz dema.
B. Odobli bola elga manzur.
C. Mehnat tagi rohat
D. Nima eksang, shuni o`rasan.
15. Tartib son qatnashgan gapni toping.
A. O`zi bitta, qulog`i to`rtta.
B. Aql yoshda emas, boshda.
C. Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
D. Zulfiya 1 – martda tug`ilgan.
16. Svetoforning yashil chirog`i yondi. Ushbu gapda sifatning qaysi belgisi mavjud?
A. Rangi
B. Shakli
C. Xususiyati
D. Maza – ta`mi
17. Nuqtalar o`rnini to`ldiring. Biz bayram konserti uchun tayyorgarlik ko`r . . . .
A. – moqda
B. – yapmiz
C. – dilar
D. - ing
18. Mirzo Ulug`bek kim?
A. Olim va shoh
B. Matematik olim
C. Ulug` adib
D. Buyuk tabib
19. Aristoteldan keyingi ”Ikkinchi muallim” deb tan olingan olim kim?
20. Totli, chuchuk, nordon - sifatning qanday belgisini bildiradi?
21. A.Avloniy qachon va qayerda tug’ilgan?
22. Belgining darajasini bildiruvchi so’zlarni yozing.
23. ” Odobli bola ” she`rining muallifi kim?
24. A. Navoiyning mashhur asari nomi qanday?
25. Chunki uning kiyimi, Toza edi juda ham. Qaysi she’rdan parcha?
IV-chorak
1. Bo`lishsiz fe`l yasovchi qo`shimchani toping.
A. –ma, -may
B. –m, -im
C. -di, -yapdi
D. –lar, yo`q
2. Kalta Minor, Juma masjid qaysi shaharda joylashgan?
A. Toshkent
B. Buxoro
C. Samarqand
D. Xiva
3. Emas, yo`q so`zlari orqali qanday fe`llar hosil bo`ladi?
A. Bo`lishli fe`llar
B. Hozirgi zamon fe`li
C. Bo`lishsiz fe`llar
D. Kelasi zamon fe`li
4. Qaysi gapda ko`makchi qatnashgan.
A. Shahar markaziga mashina bilan bordik.
B. Shahardagi muzey va teatrlarni ko`rdik.
C. Ko`chalar keng hamda obod ekan.
D. Tarixiy obidalarni ham ko`rdik.
5. Va, ham, hamda qanday bog`lovchilar?
A. Ko`makchilar
B. Teng bog`lovchilar
C. Ergashtiruvchi bog`lovchilar
D. Takror bog`lovchilar
6. Qaysi gapda bo`lishsiz fe`l qatnashgan?
A. Bu bekatda mashina to`xtaydi.
B. Ozoda Tabiat muzeyiga borgan edi.
C. Men Samarqand shahriga borganim yo`q.
D. Siz bu obidani ko`rganmisiz?
7. Teng bog`lovchi qatnashmagan javobni toping.
A. Avtobus to`xtadi va biz bekatda tushdik.
B. Bog`ni tomosha qildik hamda dam oldik.
C. Toshkent juda go`zal va zamonaviy shahar.
D. Ham o`qiymiz, ham yozamiz.
8. Buxoro qadimdan nimasi bilan mashhur?
A. Zargarlari, hunarmandlari
B. Ustalari, kulolchiligi
C. Zardo`zligi
D. Olimlari
9. Hozirgi zamon fe`li yasovchi qo`shimcha qaysi qatorda berilgan?
A. –moqchi
B. – yap
C. –gan
D. –di
10. ” Bu mening yulduzim ” hikoyasidagi bolaning ismi kim?
A. Navoiy
B. Forobiy
C. Nyuton
D. Ulug`bek
11. Nodir to`garakda tennis sirlarini o`rganyapti. Fe`l zamonini aniqlang.
A. O`tgan zamon
B. Kelasi zamon
C. Hozirgi zamon
D. Yaqin o`tgan zamon
12. Akamni ko`rish uchun Toshkentga bordim. Ko`makchi qanday ma`noda kelgan?
A. Sabab
B. Maqsad
C. Birgalik
D. Payt
13. Mashina to`xtashi bilan unga chiqib oldik. Bilan ko`makchisi qanday ma`noda kelgan?
A. Birgalik
B. Harakat bajarish vositasini
C. Payt va ketma-ketlik
D. Maqsad
14. Qaysi javobda II shaxs buyruq-istak maylidagi fe`llar mavjud?
A. yozgin, aytingiz
B. so`raymiz, o`rganamiz
C. boring, o`rganadi
D. oling, boradi
15. II shaxs buyruq – istak mayldagi fe`l yasovchi qo`shimchalar qaysilar?
A. –miz, -imiz
B. –ing, -ingiz, -inglar
C. –di, -dilar
D. –ay, -aylik
16. Ko`makchi qatnashmagan gap qaysi javobda berilgan?
A. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar tayyorlanyapti.
B. Sport poygasi uchun maxsus mashinalar yaratilgan.
C. Buxoroga borish uchun chipta oldim.
D. Qiz bolalar va o`g`il bolalar ahil bo`lishlari kerak.
17. O`zbekiston milliy bog`ida kimning haykali bor?
A. Amir Temur
B. Alisher Navoiy
C. Ulug`bek
D. A.Avloniy
18. Kerak emas, mumkin emas so`zlari qanday fe`l yasaydi?
A. Bo`lishsiz fe`l
B. Bo`lishli fe`l
C. Hozirgi zamon fe`l
D. Hozirgi zamon fe`l
19. O`zbekistonning tarixiy shaharlarini yozing.
20. Registondagi madrasa nomlarini atang.
21. Qay tomondan boqma unga, Darrov ko`zga tashlanar. Qaysi she`rdan parcha?
22. “ Yoniq “Ko`k chiroq” she`ri muallifi kim?
23. Bir zum o`tmay moviy osmonda. Turnalar keng yozar arg`imchoq. Qaysi she`rdan parcha?
24. Transport turlarini yozing.
25. “Uchun” ko`makchisi qanday ma`no ifodalaydi?