Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

6 - sinflarga Ona tili fanidan nazorat ishi testlari (choraklik)

I-chorak       I-variant    

1. «Davlat tili» deganda nimani tushuniladi?                                                                                                   
a) Bir davlat hududida asosiy aloqa-aralashuv vositasi bo'lgan til tushuniladi.
b) Davlatning barcha hujjatlari shu tilda yoziladi.    
c) Yig'inlar, anjumanlar shu tilda olib boriladi  
d) O'zbekistonda Davlat tili o'zbek tilidir   
e) a,b,c javoblardagi fikrlar tushuniladi                                
2. «O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir» degan so'zlar qayerda yozilgan?                          
a) O'Rning «Davlat tili» haqidagi Qonunning 1-moddasida.          
b) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida.           
c) O'R Vazirlar Mahkamasining Qarorida.                                
d) a va b j t          
e) a,b va c javoblar to'g'ri.
3. O'zbek xalqi va uning tarixiga mansub bo'lgan eng katta qadimgi yodgorlik qaysi?                
a) Yusuf Xos Hojib. «Qudatg'u bilig» dostoni.     
b) Ahmad Yugnakiy.«Hibatul haqoyiq» dostoni  
c) Qutb Xorazmiy. «Xusrav va Shirin» dostoni.            
d) Burxoniddin Rabg'uziy. «Qissasul anbiyo» dostoni. 
e) Komil Xorazmiy. «Muhabbatnoma» dostoni. 
4. Berilgan gaplarda ajratilgan   so'zlarning ma'nodoshlari qaysi qatorda noto'gri almashtirilgan? 
a) Sinfdoshlar yoz bo'yi ko'risha olmadilar (uchrasha olmadilar).        
b) Rahimaoy tog'asinikiga jo'nab ketdi (bordi)       
c) U chevar yangasidan tikuvchilikni o'rganmoqchi (hunar).                                 
d) Salimjon ham yoz bo'yi band edi (bo'shamadi).                                                                                        
e) U otasidan duradgorchilik sirlarini o'rganishni niyat qilgan edi (maqsad).  
5. Qo'shimchadosh so'zlar qatorini belgilang.
a) paxta, paxtalik, paxtazor;                    
b) ijod, ijodiy, ijodkor;       
c) paxtakor, tajribakor, bunyodkor;        
d) sholikor, lolazor, suvchi;         
e) do'stlik, charxchi, suvoqchilik.   
6. O'zakdosh so'zlar qatorini toping.
a) bog', tog', o'tloq;              
b) maysa, suv, havo                     
c) korxona,ishxona,oshxona;                              
d) bog', bog'bon, bog'dorchilik;               
e) yot, ot, qot, soch.   
7. Tikuvchilikka oid uyadosh so'zlarni belgilang. 
a) tikuvchi, chevar, hunarmand;           
b) igna, ip, andoza;    
c) tikuv, tikuvchilik, tikuvchi;            
d) oshxona, oshpaz, osh tuzi;    
e) tosh, tosh yo'l, tosh devor.  
8. Quyidagi tuyuqdan «tut» so'zining ma'nosi noto'g'ri izohlangan qatorni toping.  Xo'p shifobaxsh doridir lazzatli tut, Bu qadim hikmat erur yodingda tut.   Gar dilingda zarra bo'lsa ishtiyoq,  Tut ekib, tut o'stirish yo'lini tut. 
a) Xo'p shifobaxsh doridir lazzatli tut (tut mevasi).   
b) Bu qadim hikmat erur yodingda tut (saqla). 
c) Gar dilingda zarra bo'lsa ishtiyoq,  Tut ekib (daraxt)    
d) tut o'stirish (ko'chat).   
9. O'z  ma'nosida qo'llangan so'z birikmasini belgilang.  
a) Ona-Vatan, oltin beshik.                 
b) Zumrad ko'zli uzuk          
s) qalbim bahori.    
d) adabiyotga sayohat.    
e) she'riy  chaman.  
10. Iboralar berilgan qatorni toping.
a) adolat shamoli, malomat toshi;        
b) safga tizil, haqqing bordir;                                                     
c) qo'lga yalov olish;  
d) yelkasiga oftob tegdi;               
e) qadamini tezlatdi.  
11. Qo'shimchasi faqat o'zakka qo'shilgan so'zlar qatorini toping.
a) bog', bog'da, bog'bonga;                
b) bog'dorlar, bog'dorchilik;    
c) bog'im, bog'larim, bog'cha;      
d) bog'lar, bog'dorlar, bog'imiz;           
e) bog'dagi, bog'bonimiz, bog'ga. 
12. Tub fe'llar qatorini toping.
a) olmoq, so'rmoq, quchmoq;         
b) boshlamoq, qoraymoq, yurmoq;        
c) tashlamoq, ko'karmoq, kirmoq;   
d) quchoqlamoq, odimlamoq, turmoq;   
e) yugurmoq, sug'urmoq, mixlamoq.    
13. Qo'shma fe'l ishtirok etgan gapni toping.
a) Uning mol-dunyosiga uchdi.   
b) Arizani o'qituvchiga berdi.       
c) Ilm-ma'rifatga intildi.
d) Mehnat qilib, rohatini ko'rmadi.     
e) U dugonasidan xursand bo'ldi.  
14. Harakatni ifodalagan fe'l qo'llangan gapni toping.
a) Mushukcha oftobda miriqib uxladi.     
b) Biz xushxabardan hayajonlandik.                                   
c) Dilnavoz rasm chizdi.                       
d) Dangasalar o'z ishlaridan uyaldilar.                                
e) O'quvchilar yangilikdan quvondilar. 
15. Quyidagi fe'llarda o'timli yoki o'timsiz fe'llar tahlilining xatosini toping.
a) Anvar javobni o'qib zavqlandi. (A.Qod.) (o'timsiz)       
b) Botirlar xalqning xotirasida hamisha yashayajaklar.(o'timli)    
c) Binoning keng va og'ir eshigi ochildi. (o'timsiz)                                                     
d) Men elimning yuragida yashayman. (H.O.) (o'timsiz)                                                                                        
e) Sayyora kecha bolalar bilan bo'lgan uchrashuvni gapirib berdi. (O.Y.) (o'timsiz)  
16. O'timli fe'l ishtirok etgan gapni belgilang.
a) Tohir temir sandiqni ko'rdi.          
b) Fazliddin uni ustalarga yasattirgan edi.                                        
c) Hirotda jangnomalar ichiga suratlar chizish odat tusiga kirgan edi.                                                          
d) Bu sandiqda loyihalar va tarhlar saqlanar edi.   
e) Behzod chizgan tasvirlar shuhrat topgan edi. 
17. Fe'llar anglatgan harakatning bajaruvchisi kim ekanligini aniqlang.
a) Ko'chada mashina guvilladi.       
b) Shundan so'ng eshik ochildi.    
c) Xonaga bir qiz kirib keldi.       
d) Jo'mrakdan suv sharillab oqar edi.    
e) Oqayotgan suvning ovozi tindi.   
18. Aniq nisbatdagi fe'l bilan kelgan gapni belgilang.
a) Sharofatxon rasmga zimdan tikilib qaradi.      
b) Daladagi bug'doylar kombaynda o'rildi.  
c) Oybek bolalik yillarini Toshkentda o'tkazdi.   
d) Azizaxon xatni Ravshanga o'qitdi.                                         
e) Navoiyning asarlari butun jahonga yoyildi.
19. Orttirma nisbat fe'llarini yasovchi qo'shimchalari berilgan qatorni toping.
a) -t, -tir, -dir;                 
b) -ir, -ar, -iz;          
c) -g'iz, -giz, -qiz    
d) a va b javoblar to'g'ri;         
e) a, b va c javoblar to'g'ri. 
20. Quyidagi fe'llarning qaysi biriga -dir qo'shimchasi qo'shilib orttirma nisbat yasaladi? 
a) ayt          
b) uyat           
c) cho'mil              
d) gapir             
e) to'y     
21. Qaysi gapdagi fe'lga nisbat qo'shimchasi qo'shilgan? 
a) Olim tajribani sinadi.            
b) Navbatchi sinfni tozaladi.       
c) Behzod topshiriqni bajardi.   
d) Hamma masalliq qozonga solindi     
e) Xalqimiz tinchlik uchun kurashdi.    
22. Majhullik nisbati qo'llangan gapni belgilang.    
a) Ko'chalarda ko'rkam imoratlar qad   ko'tardi.       
b) Ko'chalarga asfalt yotqizildi.                               
c) Korxonalar o'z muddatida ishga tushirildi.   
d) Shahar jamolidan  ko'zlar quvondi.                                 
e) Gulgun hayotda ko'ngil yashardi. 
23. Birgalik nisbatdagi fe'l qo'llangan gap qaysi qatorda berilgan?   
a) Mehri oyisiga qarashdi.   
b) Salim dadasi bilan uchrashdi.      
c) Qushlar bir-birini cho'qishdi.    
d) Javlon maktab sha'ni uchun kurashdi.              
e) Shahrimiz tobora go'zallashdi.   
24. Quyida berilgan qaysi gapda fe'l nisbatlari noto'g'ri tahlil qilingan? 
a) Bu yo'ldan istiqlolga, g'alabaga va ozodlikka boriladi. (majhullik nisbati)                                   
b) Shahobiddin muzdek suvda yuvindi. (o'zlik nisbati)                                                                               
c) Quyosh bulutlar ortiga yashirindi. (majhullik nisbati)      
d) Ikki kundan keyin xabarchilar kelishdi. (birgalik nisbati)    
e) Haydovchi mashinani tezlatdi. (orttirma nisbat)  
25. Fe'l nisbatlari noto'g'ri tahlil qilingan qatorni toping. 
a) Maktabda sinfdan tashqari tadbirlar ancha jonlandi. (aniqlik nisbati)                                                     
b) O'qituvchilar ham ta'lim-tarbiya ishlarini jonlantirmoqdalar. (orttirma nt)                                                 
c) Mehri oyisiga qarashdi.( birgalik nt)        
d) Salim dadasi bilan uchrashdi.( o’zlik nisbat)
                      
 
 
                                                              I-chorak       II variant
 
 
1. Yasama  so’zlar   berilgan  qatorni  toping
a) Yuksak,  yumush,  yutuq                 
b) Ko’chki,  qizcha,  angla  
c) Qumursqa,  qutlov,  kitobni               
d) Guldon,  qorni,  so’rash   
2. Asosdosh  so’zlar   berilgan  qatorni  toping.
a) Qo’sh,  qo’shmoq,  qalampir          
b) Oq,  oqla,  boshla    
c) Ishla,  ishchan,  ilgich                     
d) Tinch,  tinchlik,  tinchlantirmoq
3. Qaysi  javobda   qo’shimcha  qo’shilganda  o’zak   qismi  o’zgargan  so’zlar   berilgan?                
a) Sana,  so’rash,   noki                       
b) Sochig’i,  bilakka,  sovuq                                                      
c) Angla,  ulg’ay,  tomog’i                   
d) Mening,  qorni,  ikkov                                                   
4. O’timli  fel   ishtirok  etgan  gapni   aniqlang.                                                                                              
a) Erta  ko’klamda   ariqlar  tozalanadi.           
b) Darsdan  keyin  kutubxonaga   boraman.                        
c) Ra’no  bog’da  kitob   o’qib  o’tirar  edi.      
d) Biz  safardan  ancha   kech  qaytdik.   
5. Birgalik  nisbatidagi   fe’l  qaysi  gapda   ko’plik  ma’nosini  ham   ifodalaydi?                                          
a) Buvamlar  aytishadi                             
b) Opa-singil  uzoq  suhbatlashishdi.                                                    
c) So’rida  choy  ichib   o’tirishibdi.         
d) Mehmonlar  kelib  qolishdi.
6. Orttirma  nisbatdagi   fe’llar  berilgan  qatorni   toping.  
a) O’stirmoq,  surkalmoq,  yuvinmoq        
b) Ko’paytirmoq,   qaytartirmoq,  uxlatmoq                         
c) Yurgizmoq,  tirilmoq,  uqtirmoq,            
d) Kuylamoq,  qarashmoq,  bahslashmoq    
7. Tagiga  chizilgan   so’zlarning  so’rog’ini  aniqlang.    Odam  qahrlansa,  bilimsiz   bo’ladi,  jahl  kelsa,   aql  ketadi.
a) Nima?  Kim?  Qanday?   Qancha?           
b) Kim?  Qanday?  Nima?   Nima  qildi?    
c) Qancha?  Kim?  Nima?                          
d) Qachon?  Qanday?  Kim?   
8. Fe’l  nisbatlari   necha  xil?
a) 3             
b) 4               
c) 5                
d) 1    
9. -n,  (-in),   -l,  (-il)  qo’shimchalar bilan  fe’lning   qaysi  nisbat  shakllari   hosil  bo’ladi?               
a) O’zlik,  majhul       
b) Birgalik,  o’zlik        
c) Aniq,  majhul       
d) Orttirma,  aniq    
10. Holat  fe’li   ishtirok  etgan  gapni   toping.  
a) Olimlarning  xizmati  mangu   qoladi.          
b) Ilm  urug’ini  soching.                                                    
c) Yaxshilik  insonning  umrini   ziyoda  qiladi.  
d) Daraxtlarning  yaproqlari  oltinday   sarg’aydi.  
11. Tub  so’zlar   berilgan  qatorni  toping.   
a) Gulini,  kitobxon,  fidokor                      
b) Kitobni,  terimchi,  tinim                                                       
c) Gul,  bozor,  temir                                   
d) Noto’g’ri,  bosmaxona,  tosh                           
12. Nuqtalar  o’rniga   quyida  berilgan  qo’shimchalardan  mosini   tanlab  qo’ying. Dunyo… ishlari …hayron  qolmay  ilojing   yo’q. 
a) –da,  -ni,               
b) –ning,  -ga                
c) –ni,  -dan                      
d) –dan,  -ga  
13. Ilm  zehnimizni,   fikrimizni  qilich  kabi   o’tkir  qiladi.  Berilgan  gapda   fe’l  qaysi  nisbat shaklida?   
a) Aniq  nisbat                
b) O’zlik  nisbat           
c) Orttirma  nisbat     
d) Majhul  nisbat     
14. So’zning  mustaqil   qo’llana  olmaydigan  qismiga   nima  deyiladi? 
a) Asos           
b) Qo’shimcha       
c) So’z  tarkibi        
d) So’z  yasovchi  qo’shimcha    
15. Qaysi  javobda   qo’shimcha  qo’shilishi  natijasida   o’zakdagi  bir  unli   tushadigan  so’zlar berilgan? 
a) Ulg’ay,  o’g’ling, oltovlon                        
b) O’rnim, sarig’i,  esnamoq                                        
c) Ikkov,  shahring,   yonoq                         
d) O’zing,  ikkov,   yuragi   
16. So’zlarning  grammatik   tuzilishi  va  o’zgarishi   tilshunoslikning  qaysi  bo’limida   o’rganiladi?
a) Leksikologiya      
b) Sintaksis       
c) Orfografiya         
d) Morfologiya   
17. Bekorchidan  el   bezor. Bekor- o’zak,   -chi-so’z  yasovchi  qo’shimcha,   -dan- so’z  o’zgartiruvchi  qo’shimcha. Ushbu  tahlil   tahlilning  qaysi  turiga   kiradi? 
a) So’z  yasalish  tahlili                 
b) So’z  turkumi  tahlili                                                                      
c) Mazmunu  tahlili                      
d) So’z  tarkibi  tahlili   
18. Kelishik  qo’shimchalari  qanday   vazifani  bajaradi?          
a) Yangi  so’z  hosil   qiladi                   
b) Yangi  so’z  shakli   hosil  qiladi     
c) So’z  birikmalari  va   gaplarda  so’zlarni  bog’laydi    
d) Juft  so’zlarni  hosil   qiladi   
19. Nuqtalar  o’rniga   qo’shimchalardan  mosini  qo’ying. Bilim…o’z  kuching   bilan  egalla, sheriging …  mehnat   natijalari …   o’zlashtirishing  noinsoflik.  Dars vazifalari … mustaqil  bajarmaslik   tekinxo’rlik …  qo’yilgan  birinchi   qadamdir. 
a) –ni, -day, -ga            
b) –dan,  -ga, -ning         
c) –im,  -si,   -ga       
d) –ni,  -ning,   -ka      
20. Qaysi  qatorda   lug’aviy  shakl  yasovchi   qo’shimchani  olgan  so’zlar   berilgan? 
a) Yaxshilik,   insonga,  o’qigan                  
b) Mo’lroq,  qushlar,   kitobxon                                       
c) Bilimli,  morfoligiya,   esdalik                 
d) Bog’bon,  komillik,   tokzor                                      
21. To’plamni  ifodalovchi   so’zlar  berilgan  qatorni   aniqlang .  
a) Kitob,daftar,qalam                   
b) O’quv  qurollari,   milliy  o’yinlar,  ranglar                                         
c) Olma, o’rik,  nok                     
d) Qizil,  sariq,  ko’k       
22. O’zakdosh  so’zlar   qaysi  qatorda  berilgan?   
a) Bilimdon, aqlli,  zukko                      
b) Odobli,  mehribon,  kamtarin                                                    
c) Ishbilarmon,  ishchi,  ishboshi         
d) O’qimishli,  ziyoli,  ilmli     
23. Qaysi  qatorda   yasama  so’zlar  berilgan ? 
a) Kitob,  maktab,  muallim                        
b) Shahar,  o’lka,  diyor    
c) Dono,  zukko,  chaqqon                          
d) San’atkor,  unumli,  noma’lum       
24. Shakldosh  so’zlardan   ijodkorlar  asarning  qaysi   turida  foydalanadilar?                                 
a) G’azalda             
b) Dostonda          
c) Tuyuqda              
d) Chistonda   
25. Qaysi  so’zlarni   ko’chma  ma’noda  qo’llash   mumkin?  
a) Daraxt,  shamol,  suv                 
b) Ko’z,  bosh,  sher     
c) Daftar,  qalam,  ruchka               
d) Aqlli,  dono,  ziyrak  



      II-chorak       I variant

1. Qaysi  javobda  faqat  o`zakdosh so`zlar berilgan?                                                                              
a) oq, oqla, boshla, guldor.            
b) go`sht, qo`shmoq, qalampirmunchoq.      
s) ishla, ishchan,  ishbilarmon.       
d) ong, angla, anglash,  bilmoq.     
e) gul, gulla, bog’bon                                                                                                   
2. Yasama so`zlar keltirilgan javoblarni toping ? 
a) yuksak, yumshoq, yutuq.            
b) ko`chki, chopqi, gapdon.  
s) qushcha, qumursqa, qutlov.       
d) guldon, tepki, bo`lak.      
e) kitob, ruchka, kirish
3. Qaysi javobda  qo`shimcha qo`shilgan  o`zak qismi o`zgargan so`zlar berilgan ?
a) sana, so`rash noki, bitta.          
b) sochig`i, billaka, karakka, sovuq. 
s) angla, ulg`ay, tomog`i.        
d) mening, qorni yoqqan, haqi    
e) ikkov, toqqacha,  ishtiyoqi tonggan. 
4. Qaysi javobda qo`shimcha qo`shilishi natijasida o`zakdagi bir unlisi tushgan so`zlar berilgan ?
a) ulg`ay, o`g`ling, oltovlon.          
b) qornim, sarig`i, sanamoq 
s) ikkov, shaming, yonoq.            
d) o`zing, ikkov, yuragi.             
e) seni, inisi, orzum.
5. Qaysi so`zlarda doimo lik qo`shimchasini olgan holda ishlatiladi ?  
a) tikuvchilik, baliqchilik                    
b) sherikchilik, ijarachilik   
s) puxtachilik, pishiqchilik                  
d) qo`shnichilik, to`qchilik         
e) mehribonchilik , yilqichilik  
6. –larqo`shimchasi qaysi javobdagi so`zlar ko`plik ma’nosini  ifodalaydi ? 
a) besh so`mlar, soatlar, zavqlarini.        
b) dadamlar, ruhlar, yuraklar, bog`lar.
s) tuyg`ular, buvimlar,o`zlariga,uch yoshlarda.          
d) gullar, Anvarlar, besh kunlar, buvimlar. 
e) ko`ksulton, uchtepa, ko`kariq. 
7. Ko`plik qo`shimchasi qaysi javobda nav ( tur, xil ) tushunchasini ifodalagan ?
a) odamlarning bolalarcha quvonishidan zavqim keldi.    
b) nonlarning yuzi issiq ekan.
s) ombordan choylarni tanlab olasiz , og`ayni.             
d) onaizor bolalarga  mehribon bo`lar ekan.
e) qushlar kuylaydi, ariqlar suvlar kuylaydi. 
8. Qaysi javobda qaratqich kelishigining qo`shimchasi o`rnida tushum kelishigining qo`shimchasi yozilgan ?
a) gulni hidi, nonni mazasi, uni ko`zlari.        
b) suvni ichdim, ro`yxatni o`qidim, yong`inni o`chirishdi.          
s) kitobni varaqlashdi, mashqni yozdi, jadvalni tuzdi.        
d) soyabonni ochdi, uzumlarni uzdik, xayolni bo`ldi.          
e) yutuqni to`lashdi, vergulni qo`ydi, gapni tugatdi.
9. Qaysi gapda bo`lishsiz fe’ldan tasdiq ifodalangan ? 
a) hech kimga  munofiqlik  qila ko`rma.            
b) ish hech kimni o`ldirmaydi. 
s) bu gap aytilmay qolmaydi.      
d) bu yerda uni ko`rgan emasman     
e) go`sht hali sotilgani yo`q. 
10. Qaysi gaplar qo`shimchasi  hurmat ma’nosini ifodalab kelyapti ?
a) mustaqilligimizning dastlabki yillardanoq sog`lom avlod tarbiyasi eng ustovor  vazifa deb belgilanadi.         
b) Zulxumor oyimlar qayerda bo`lsalar, so`zga o`rgatilgan mayna ham shu yerda. 
s) ma’naviyat va jismoniy barkamol avlodlarni tarbiyalash   umumdavlat ahamiyatga molik masala. 
d) vatan, ona, farzand muqaddas tushunchalar.
11. -li qo`shimchasi bilan yasalgan so`zlar qatorini belgilang ? 
a) Ali,Vali,Soli                        
b) balli,dalli,gulli  
s) erli,baxtli,omadli                 
d) Toshkentlik, kiyimlik, do`ppilik     
e) gulli, egali, keldi
12. Nuqtalar o`rniga mos keladigan kelishik qo`shimchalarini qo`ying? Yovuzlik … ezgulik … ajrata oladigan kishigina aqllidir 
a) -ga,-dan,-ni                
b) -dan, -ni     
s) -da, -dan, -ni                
d) -ning,-ga,-da                 
e) -ni, -ga, -dan.   
13. Berilgan gapni davom ettiring ?Kimki hech narsani qiziqib so`ramasa …
a) uyatga qoladi                         
b) tinchi buziladi      
s) hech nimani o`rganmaydi      
d) hech kimni tanimaydi        
e) orqada qoladi
14. Qaysi javobda maqol berilmagan?
a) olim bo`lsang, olam seniki              
b) Kimda aql bo`lsa, u asl odam bo`lar       
s) oyning o`n beshi qorong`i  bo`lsa, o`n beshi yorug`      
d) Itni qopmas deb bo`lmas, otni tepmas deb bo`lmas  
15. Birgalik nisbatidagi  fe’l  qaysi gapda ko`plik ma’nosini ham ifodalaydi ? 
a) mehmonlar kelib qolishdi.                    
b) buvamlar aytibdi.
s) ular hovli atrofini tozalashdi.           
d) so`rida choy ichib o`tiribdi.         
e) opa- singil uzoq suhbatlashishdi     
16. Qaysi qatordagi so`zlarda –liq  qo`shimchasi yordamida joy nomlari yasash mumkin ? 
a) tepa, yaxshi, O`zbekiston             
b) qoy, bo`ston, olma        
s) bor, qishloq, gul                        
d) chimkent, bosh, jon                       
e) yosh, do`st, hamkor. 
17. To`plamni ifodolovchi so`zlar berilgan qatorni aniqlang?
a) kitob,daftar,qalam                           
b) o`quv qurollari, milliy o`yinlar, ranglar 
s) olma, o`rik, nok                               
d) qizil, sariq, ko`k     
e) gullar, stol, olma
18. Qaysi qatorda yasama so`zlar berilgan ?
a) kitob, maktab, muallim.                   
b) shahar, o`lka, diyor.                     
s) dono, zukko, chaqqon.                      
d) san’atkor, unumli, noma’lum. 
19. Bo`lishsiz fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang ?  
a) mayin shabada esmoqda.                 
b) giloslar qiyg`os gullagan. 
s) uzoqdan yoqimli kuy eshitildi.         
d) bahor kelishini orziqib kutadilar.    
20. Yasama fe’llar berilgan qatorni aniqlang ?  
a) o`qidi, yozdi, chizdi.                                     
b) tingladi, yasadi, bormoq. 
s) oqlamoq, baholamoq, saralamoq.                
d) javob bermoq, e’lon qilmoq.    
21. So’zning mustaqil qo’llana olmaydigan qismiga nima deyiladi? 
a) Asos              
b) Qo’shimcha            
s) So’z tarkibi               
d) So’z yasovchi qo’shimcha  
22. Ilm zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qiladi. Berilgan gapda fe’l qaysi nisbat shaklida?
a) Aniq nisbat                      
b) O’zlik nisbat            
s) Majhul nisbat          
d) Orttirma nisbat                 
e) Birgalik nisbat
23. Felning vazifa shakllari necha turga bo’linadi?
a) 2             
b) 4                
s) 5                   
d) 3      
e) 6
24. Tub so’zlar berilgan qatorni toping?
a) gulini, kitobxon, fidokor.            
b) kitobni, temirchi, tinim  
s) gul, bozor, temir                           
d) noto’g’ri, bahosiqxona, tosh.    
e) to’g’ri javob yo’q
25. Holat fe’li ishtirok etgan gapni toping. 
a) Olimlarning ishi mangu qoladi.                    
b) Ilm urug’ini soching.    
s) Yaxshilik insonning umrini ziyoda qiladi.   
d) Daraxtlarning yaproqlari oltinday sarg’aydi.
e) Men bugun buvimnikiga bordim.
 
 
            
                                                                II-chorak       II variant  
 
1. To’plamni ifodalovchi so’zlar qatorini toping 
a) Kitob,  daftar,   qalam,         
b) O’quv  qurollari, milliy  o’yinlar.   
c) Qizil  sariq, ko’k                  
d) Olma, gul, kitob  
2. Bo’lishsiz fe’l qo’llangan qatorni toping.   
a) Mayin shabada esmoqda               
b) Uzoqdan yoqimli kuy eshitildi                                              
c) kitobni tez  mutolaa qiling            
d) Yolg’on gapirishga o’rganmang   
3. Yasama  fe’llar   qatorini toping  
a) O’qidi yozdi chizdi                    
b) Oqlamoq baholamoq saralamoq  
с) tingladi, yasadi, bordi                 
d) Aytdi  sanadi   chizdi.  
4. Qaysi qatorda qo’shma fe’llar berilgan?
a) Sayr etmoq, olib kelmoq                
b) O’qib chiqmoq, Ochilgan gul,     
c) Mehr bilan ishlamoq, zehnli bola,   
d) Nasihat qilmoq, sehrli  olam. 
5. Hozirgi zamon shakllarini hosil qiluvchi qo’shimchalar qatorini toping.
a) -moqda, -di,-b,-ib            
b) -yap,-yotir,-moqda      
c) -ar,-y,-moqda                   
d) -yap,-moqda, -(a) yotir,-(a) yotir  
6. Nutqiy faoliyat fe’llari berilgan qatorni toping.   
a) Kiyintirmoq, ko’tarmoq                     
b) Jilmaymoq, tekislamoq,  
c) Chaqirmoq, tushintirmoq                   
d) Duduqlanmoq, xo’rsinmoq 
7. Onam bilan miriqib suhbatlashdim.  Berilgan  gapda   qaysi  so’z  kesim   vazifasida  kelgan?
a) Suhbatlashdim                          
b) Onam  bilan    
c) Onam  bilan  suhbatlashdim     
d) Miriqib  suhbatlashdim  
8. Holat  ravishdoshlari  berilgan   qatorni  toping.
a) Toqqa  chiqquncha, ko’rgani  bormoq           
b) Qo’rqib  ketmoq  yugurib   kelmoq
c) Musiqa   tingach,   qosh   qorayguncha        
d) Yig’lay-yig’lay uxlamoq,    qorong’u  tushguncha   
9. Fe’lning   sifatga   xoslangan  shakli ........ deyiladi.  
a) Sifat                   
b) Harakat  nomi                
c) Sifatdosh              
d) Ravishdosh  
10. Hozirgi  zamon   sifatdoshi  fe’l  asosida   qaysi  qo’shimchani  qo’shish    orqali  hosil  bo’ladi?             
a) -(a)yotgan            
b) -gan           
c) -adigan           
d) -(a) r
11. Fellar  tuzilishiga   ko’ra   qanday   turlarga   bo’linadi   
a) 2ta                      
b) 3ta                        
c) 5ta                   
d) 4ta    
12. Qo’shma fel qismlari qanday yoziladi. 
a) Qo’shib yoziladi                       
b) Ajratib yoziladi   
c) Chiziqcha bilan yoziladi           
d) Ajratib va qo’shib yoziladi 
13. Kelasi zamon fellari berilgan qatorni toping 
a) Yayraydi kuylamoqchi               
b) Hayqirar edi,uchyapti       
c) Yig’lamoqchi,qo’ndi                  
d) o’tiraman, topar   
14. Barglar sarg’ayib to’kilmoqda. Ushbu  gapda berilgan  fe’lning  zamon shaklini  toping      
a) hozirgi zamon                         
b) O’tgan zamon      
c) kelasi zamon                          
d) Hozirgi kelasi zamon.     
15. -gani,(-qani,-gali) qo’shimchasi bilan hosil bo’luvchi ravishdosh qanday ma’noni ifodalaydi?  
a) Maqsad         
b) sabab      
c) Payt         
d) holat          
e) miqdor   
16. Fe’l nisbatlari necha xil ?   
a) 3             
b) 4             
c) 5              
d) 1     
e) 6
17. Fe’lning vazifa shakllari nechta?   
a) 2             
b) 4             
c) 5            
d) 3           
e) 6
18. So’zning mustaqil qo’llana olmaydigan qismi?   
a) asos               
b) qo’shimcha             
c) so’z tarkibi       
d) so’z yasovchi qo’shimcha.     
19. Tub so’zlar berilgan qatorni toping     
a) Gulini, kitobxon,fidokor                 
b) kitobni,   temirchi,   tinim     
c) Gul,   bozor  temir                            
d) No’to’g’ri, baho issiqxona,                                      
20. Maqol berilmagan qatorni toping    
a) Olim bo’lsang, olam senikim             
b) Kimda aql bo’lsa, o’z  maqsadiga   erishadi     
c) tutunini hillik ko’rmas, yuvundisini it.        
d) Mehnat qilgan elda aziz      
21. Quyidagi gapda qaysi so’z turkumi qo’llangan?
     Mehnatdan kelsa boylik ,hayot bo’lar chiroyli  
a) Ot,sifat                      
b) Sifat,fe’l                    
c) Ot,fe’l           
d) Sifat,son      
22. Berilgan gapni davom ettiring. Kimki hech narsani qiziqib so’ramasa,..............
a) Hech nimani o’rganmaydi                            
b) Uyatga qoladi                                                
c) Tinchi buziladi                                             
d) Hech kimni tanimaydi      
23. Holat fe’li ishtirok etgan gapni toping. 
a) Olimlarning xizmati mangu qoladi                 
b) ilm urug’ini soching       
c) yaxshilik insonning umrini ziyoda qiladi                
d) daraxtlarning yaproqlari oltinday sarg’aydi      
24. O’timli fe’l ishtirok etgan gapni aniqlang   
a) Erta ko’klamda ariqlar tozalaniladi               
b) Darsdan keyin kutubxonaga boraman.      
c) Ra’no bog’da kitob o’qib o’tirar edi              
d) biz safardan ancha kech qaytdik 
25. Birgalik nisbatidagi fe’l qaysi gapda ko’plik ma’nosini ham ifodalaydi?  
a) Buvamlar aytishadi                           
b) Opa-singil uzoq suhbatlashishdi     
c) so’rida choy ichib o’tirishibdi            
d) mehmonlar kelib qolishdi
       
                                                                   

                     
                                                                 III-chorak        I variant

1. Atab qo’yilgan nomlar qaysi qatorda berilgan?
a) Shahar,guzar,mahalla                  
b) Atirgul,chinnigul,rayhon 
c) Zebiniso, Qo’rg’ontepa               
d) Bulbul,qaldirg’och,zag’izg’on  
2. Ko’plik ma’nosini anglatgan otlarni aniqlang. 
a) kitob,qalam, bo’yoq                   
b) Daryo,ko’l,anhor
c) Dala,maydon,o’rmon                 
d) O’quvchilar,bog’lar,qirlar 
3. Kichraytirish qo’shimchalari yordamida hosil bo’lgan otlar qaysi qatorda berilgan?        a) Do’stlik,ahillik,birodarlik                 
b) Qo’rg’oncha,qizaloq,uycha
c) Uycha,darcha,laycha                        
d) Gul,ko’kat,o’simlik
4. Turdosh otlar berilgan qatorni toping. 
a) bola,binafsha,bo’tako’z                          
b) go’zal, moviy, musobaqa  
c) Tinglamoq, izlamoq, sayr qilmoq          
d) Andijon,Farg’ona,Namangan 
5. Hayvonlarga shartli ravishda qo’yiladigan nomlar qaysi qatorda berilgan?
a) Yulduz,Shamsiqamar,Hilola                   
b) Mahalla,oqtoy, ziyrak 
c) Bulbul,qaldirg’och,musicha                    
d) Mushuk,sigir,tovuq  
6. Lavozimga   ko’ra  ilova    qilingan  so’zlar  bilan   berilgan  qatorni  toping
a) tabib  Salimov  o’qituvchi    Fayziyev                 
b) Uchuvchi,  paxtakor,  tikuvchi 
c) Direktor  Shamsiyeva,  vazir    Nabiyev              
d) Pillakor,  shifokor,  duradgor   
7Kasb  koriga  ko’ra   ilova  qilingan   so’zlar   berilgan  qatorni  toping   
a) San’atkor,bastakor, shifokor                   
b) To’quvchi  Aziza,  shifokor   Abdullaeva   
c) Faylasuf,  tilshunos,  tarixchi                   
d) Alloma,  mutafakkir,   hokim   
8. O’rin-joy  nomlari   qaysi  qatorda  berigan?   
a) Gulgun,  Madina,  Dilso’z                         
b) Baxt,  mehr,  muruvvat, 
c) Sardoba,  To’raqo’rg’on,  Yakkasoy         
d) Bino,  Tashkilot, Inshoat,
9. Mavhum  otlar  berilgan   qatorni  toping
a) E’tiqod,  sadoqat,  muruvvat                   
b) Bilimli,  ziyoli,   madaniyatli
c) Suxandon,  tadbirkor,  ijodkor,                 
d) Lavha,  maqola,  hikoya 
10. Shakl  yasovchi  qo’shimchalar   to’g’ridan-to’g’ri  o’zakka qo’shilib  kelgan  so’zlar qaysi   qatorda  berilgan.
a) Kitobxonlik,  kitobxonlar,  kitobsevarlar          
b) Tadbirkorlik,  tadbirkorlar,  tadbirkor 
c) Kitoblar,  kitobcha,  kattaroq                             
d) Shabnam, misgar   hunarmandchilik
11. Yasama otlar berilgan qatorni toping 
a) Binolar,xiyobon,daha                      
b) Sumbula,mezon ,shabada                                                
c) Tinchlik, bog’bon, tadbirkor            
d) Ko’m-ko’k,yum-yum,g’ira-shira    
12. Qaysi qatorda shaxs otlari bor ?
a) tuz hech narsa bilan almashtirilib bo’lmaydigan yagona mahsulotdir                                                 
b) tuz bo’lmasa tirik mavjudod halok bo’ladi                                                                                        
c) Husayni chol kemasi deb atashadi       
d) Xotira dunyoda aziz,mo’tabar,u,ona,u suyuk padar    
13Otga,  bo’g’lanib   uning    belgisini  bildiradigan  va   qanday?  Qanaqa?  So’roqlariga   javob    beradigan   so’zlarga......deyiladi
a) Sifat           
b) Fe’l          
c) Olmosh       
d) Sifatdosh   
14. Atrofdagi  hovlilardan  ko’tarilgan   tutunlar   ko’kimtir,  mayin   mavj  bilan   tiniq    sovuq   havoda  suzadi. Berilgan  gapda   qo’llanilgan  qaysi   so’zlar   sifat  so’z  turkumiga   mansub?
a) Atrofdagi,  havoda,  tutun                 
b) ko’kimtir,  mayin,  tiniq   sovuq                                                       
c) Sovuq,  havo,  ko’tarilgan                 
d) Tiniq  mayin  mavj
15. Qo’shma sifat berilgan qatorni toping
a) Kul rang, egri –bugri                       
b) Oq ko’ngil,mevali                                                                           
c) Osmon o’par,mehmon do’st             
d) Nodon,kaltafahm  
16. Baland past devorlar orasidagi mevalarning oq,pushti,qizil gullariga qaraysan. Berilgan gapdagi sifatlarning tuzulishiga ko’ra turini aniqlang. 
a) juft-takror                   
b) qo’shma-juft              
c) Sodda-takror           
d) juft soda   
17. Nisbiy  sifatlar  berilgan   qatorni  toping   
a) qishgi,  derazali   devoriy                
b) ko’chma,  chiroyli,   shirin
c) Yuzaki,  xlor,   paxtali                       
d) Bamaslahat,  tongi,   sermeva    
18. Dunyoda  eng  orzumand   xalq  o’zbek  bo’lsa ajibmas.Berilgan  gapda   sifat qaysi  darajada?  
a) orttirma           
b) Oddiy           
c) Qiyosiy              
d) ozaytirma 
19. Mavhum ot yasovchi qo’shimchalarni toping  
a) -dosh,-bon;-inch                 
b) -lar,-ni,-ch             
c) -ga,-lik,  sinch         
d) -lik,-ch,-inch
20. O’rin-joy otlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping  
a) Viloyat,do’kon,daftar               
b) Olmazor,saylgoh,shahar
c) Tuman ,mahalla,baxt                 
d) G’arb ,guzar, qizlar 
21. Holat  fe’li  ishtirok   etgan  gapni  toping
a) Olimlarning  xizmati  mangu   qoladi               
b) Ilm  urug’ini   soching                                              
c) Yaxshilik  insonning umrini  ziyoda  qiladi     
d) Daraxtlarning  yaproqlari  oltinday   sarg’aydi    
22. Yasama  fe’llarni  berilgan   qatorni  aniqlang        
a) O’qidi, yozdi,  chizdi.                               
b) Tingladi,  yasadi,  bormoq.                                                                
c) Oqlamoq,  baholamoq,   saralamoq.           
d) Javob  bermoq,  e’lon   qilmoq          
23. Qaysi  qatorda  qo’shma   fe’llar  berilgan?
a) Shamol  esmoqda,  ochilgan   gul.               
b) Sehrli  olam,   baxtli  bolalik.  
c) Mehr bilan  ishlamoq,  berilib   tinglamoq.    
d) Nasihat  qilmoq,  o’rnak   bo’lmoq, bino  qo’ymoq     
24Orttirma  nisbatdagi  fe’llar   qaysi  qatorda  qo’llangan ?  
a) Kuzatdi,  tingladi .                    
b) Yurgizdi, chizdirdi .    
c)  Qiziqmoq, chekinmoq             
d) Bajarmoq,ruhlanmoq.    
25Qaysi  so’zlarni  ko’chma   ma’noda  qo’llash  mumkin?   
a) Daraxt, shamol, suv.             
b) Ko’z, bosh , sher   
c) Daftar, qalam, ruchka             
d) Aqlli, dono, ziyrak 
 
 
 
 
 
             
                                                                III-chorak        II variant

1. Tikuvchilikka oid uyadosh so'zlarni belgilang.
a) tikuvchi, chevar, hunarmand;              
b) igna, ip, andoza;    
c) tikuv, tikuvchilik, tikuvchi;                  
d) oshxona, oshpaz, osh tuzi;  
2. O’rin-joy nomlari qaysi qatorda berilgan? 
a) Guli, bekat, saroy                                        
b) baxt, mehr, daryo 
c) Sardoba, Yakkasaroy, Uchquduq               
d ) bino, tashkilot
3Turdosh otlar berilgan qatorni toping
a) o’qidi, yozdi, chizdi                                 
b) go’zal, moviy, musaffo   
c) Andijon, Navoiy, Farg’ona                      
d) lola, binafsha   
4. Quyidagi gapda qaysi so’z turkumi yasalgan?  
Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik
a) ot, sifat            
b) sifat, fe’l                   
c) Ot, fe’l                
d) sifat, son  
5. O’rin -joy  yasovchi  qo’shimchalarni  ko’rsating.
a) -zor, -iston, -loq.    
b) -chi, -in, tir.     
c) -lar, -dir, -kor   
d) -lik, -lig, -lar.  
e) -sh, -ish.  
6. Buyruq  mayli   ifodalangan  gapni  toping
a) Men ham odam edimku, inson farzandi.          
b) Ona  bilan  bola-gul   bilan  lola.                             
c) Biz  daryo  tomon   bordik.                      
d) Tadbirkor  yangi  zamonda   fidokor  bo’lsin.              
e) Kim  mashqni  bajaradi?  
7. Shart  mayli  qo’shimchalarini  ko’rsating. 
a) -chi, -dosh.         
b) -u, -yu.         
c) -kor, zor.           
d) -sa.          
e) -ku, -da. 
8. Shart  mayli   ishtirok  etgan  gapni   toping  
a) Bugun  o’lkamizda  bahor.             
b) O’g’lingiz  ham  katta   yigit  bo’libdi.                            
c) Biz  kelsak, akam uyda  ekan.         
d) Rais  amakim  o’zlari   kelib  ketdilar.
e) Oynani  sindirgan - shular.  
9. Nima? So’roq olmoshi qanday ma’noni bildiradi?
a) o’rin-joy              
b) belgi- xususiyat           
c) harakat-holat           
d) narsa-hodisa
10. Atab qo’yilgan nomlar qaysi qatorda berilgan?  
a) shahar, guzar, mahalla.                
b) atirgul, chinnigul, rayhon   
c) Zebiniso, Qo’rg’ontepa              
d) bulbul, qaldirg’och, zag’izg’on    
11. Ko’plik ma’nosini anglatgan otlarni toping. 
a) kitob, daftar, bo’yoq                  
b) daryo, ko’l, anhor     
c) dala, maydon, o’rmon                
d) bog’lar, qirlar
12. Mavhum otlar berilgan qatorni aniqlang.
a) bilimli, ziyoli, madaniyatli            
b) suxandon, tadbirkor, ijodkor  
c) olim, shoir, adib                           
d) e’tiqod, sadoqat, muruvvat
13. Qo'shimchadosh so'zlar qatorini belgilang.
a) paxta, paxtalik, paxtazor;                    
b) ijod, ijodiy, ijodkor;  
c) paxtakor, tajribakor, bunyodkor;        
d) sholikor, lolazor, suvchi;                                                          
e) do'stlik, charxchi, suvoqchilik.     
14. O'zakdosh so'zlar qatorini toping.  
a) bog', tog', o'tloq;                       
b) maysa, suv, havo;    
c) korxona,ishxona,oshxona;        
d) bog', bog'bon, bog'dorchilik;                
e) yot, ot, qot, soch.    
15. Qaysi qatordagi so`zlarda –liq   qo`shimchasi yordamida joy nomlari yasash mumkin ?                     
a) tepa, yaxshi, O`zbekiston           
b) qo’y, bo`ston, olma      
c) bor, qishloq, gul  
d) chimkent, bosh, jon                     
e) yosh, do`st, hamkor.   
16. To`plamni ifodolovchi so`zlar berilgan qatorni aniqlang ? 
a) kitob, daftar, qalam              
b) o`quv qurollari, milliy o`yinlar, ranglar     
c) olma, o`rik, nok.                   
d) qizil, sariq, ko`k           
e) to`g`ri javob yo`q  
17. Qaysi qatorda yasama so`zlar berilgan ?  
a) kitob, maktab, muallim.            
b) shahar, o`lka, diyor. 
c) dono, zukko, chaqqon.               
d) san’atkor, unumli, noma’lum.  
18. - li qo`shimchasi bilan yasalgan so`zlar qatorini belgilang ?  
a) Ali, Vali, Soli                          
b) balli, dalli, gulli    
c) erli, baxmli, omadli                  
d) Toshkentlik, kiyimlik, do`ppilik 
19. Modda-ma’dan otlari qaysi qatorda berilganligini aniqlang. 
a) korxona, shifokor                     
b) kitob, jurnal, gazeta  
c) zumrad, yoqut, sadaf                 
d) dunyo, olam, jahon  
20. O’rin-joy nomlariga beshta misol yozing.
21. Harakat nomi qo’llangan gap tuzing.          
22. Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirokida so’zlar misol keltiring.
23. Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar qaysilar? 
24. Tarixiy sana va bayram nomlaridan qaysilarini bilasiz?
25 . Nuqtalar o’rniga mos keladigan kelishik qo’shimchalardan mosini qo’ying.
Yovuzlik…  ezgulik…   ajrata oladigan kishigina aqllidir.
 
 
 
 

                                                         IV-chorak       I variant
 
1. Qaysi qatorda faqat nisbiy sifatlar berilgan? 
a) Moviy, shirin, go’zal.                 
b) Mazali, mayin, go’zal.
c) devoriy, ijodiy, kuzgi.                 
d) Dongdor, sariq, sevimli.  
2. Yasama sifatlar berilgan qatorni aniqlang.
a) Sho’x, ziyrak, oz                        
b) Tor, bukri, achchiq, go’zal   
c) Oq, kam, sho’r                           
d) Xushfe’l, iboli, moshrang  
3. Qo’shma sifatlar qaysi qatorda berilgan? 
a) Sersuv, nimpushti, o’qish.          
b) Ziyrak, xo’shro’y, dono,                                                        
c) Yetuk, sezgir, zilol.                      
d) Sheryurak, mehmondo’st, vatanparvar. 
4.Ortirma daraja shaklidagi sifat berilgan qatorni  toping?    
a) Ko’kish, sarg’imtir, kuchliroq.              
b) Oppoq, nihoyatda, viqorli, yam-yashil.     
c) Qizg’ish, ko’kimtir, katta.                       
d) Sarg’ish, yassi, uchqur. 
5. Otlashgan  sifat  qo’llangan   gap  qatorini  aniqlang.   
a) Mulola baland tog’ etagida joylashgan   yam-yashil  qishloqcha.     
b) Kuz  havosidan rangi xira tortgan o’tloq va yong’oqzor oralab baland tog’ tomon ko’tarila boshladik.                            
c) Qayerdandir yel epkini  uchirib keltirgan o’t-o’lanlarning yoqimli hidi dimoqqa urildi.
d) Jasur jangda sinalar.     
6. Qaysi gapda sanoq son qo’llangan ? 
a) Biz, uch yigitchaga ustozning e’tiqodi boshqacharoq edi                                                               
b) Ana xolos, sochning yarmi  oqarib bo’larkanda.    
c) Uchinchi paravozda o’zini o’nglab oldi
d) Yaxshi,  birga uchamiz. 
7. Chama son qo’llangan gap qatorini belgilang.  
a) Ikki soatlar yurganimizdan so’ng yalanglik ustidan chiqib qoldik. 
b) Birdan,to’rt tomoni qum sahrosi o’rab yotgan katta yalanglik ko’zga tashlandi.  
c) Nihoyat ikki kun deganda sovuq izg’irinning shashti pasayib, iliq kunlar boshlandi. 
d) Dovuchchalardan  bir-ikki donasin uzib og’zimga soldim. 
8. Qaysi qatorda   sanoq   sonlar  bilan  qo’llanuvchi   hisob  so’zlar  mavjud?   
a) Bir marta  “Tajriba”sifatida   yonida to’xtamoqchi bo’ldim. 
b) Uchinchi   haftaga o’tgach  ustozimning   zarurati bo’lmay  qoldi  
c) Xullas  sal kam bir oy deganda haydovchilik sirlarini bilib oldim   
d) Har tupdagi hosilni bir zambildan chiqar deb chamaladilar 
9. Jamlovchi  son  qo’llangan   gap  qatorini  belgilang   
a) Bir  payt  o’zimga kelsam ,  dahanadan   ikki-uch  qadam nari  bedazorda   yotibman     
b) Bu  ikkinchi  bor   osmonga  ko’tarilishim  edi  
c) Uchalasi  ham  o’qishni   a’lo  baholarga  bitirdi 
d) Bir  mahal  vujudimga    jon  oralaganday  bo’ldi    
10. Qaysi  gapda  tartib son   qo’llangan?   
a) Birinchi  ustozim  ozg’indan   kelgan,  baland  bo’y, g’oyat   mehribon  inson  edi 
b) Ular  oralig’ini  roppa- rosa   910  yil  ajratib   turadi 
c) Bir  piyoladan  choy   ichib  tashqariga  chiqdik   
d) Ikki  kunchadan  beri   safardoshlarim og’zidan   sayohat  taassuroti tushmaydi 
11. Faqat  h  bilan yoziladigan  so’zlar   qatorini  aniqlang  
a) Ba…t,  sha..s           
b) Ma..fiy, u…lamoq             
c) …otira, …abar       
d) Gav...ar, che…ra   
12. Narsa  otlari   qaysi  qatorda  berilgan ?
a) Sher, tuya ,yo’lbars                     
b) O’chirg’ich ,o’lchagich,elak   
c) Archa ,bug’doyzor ,sabzavot      
d) Olma ,o’rik ,nok  
13. Qaysi jumlada  joy  nomini atovchi  ot qo’llangan  
a) Namangan  gullar  shahri               
b) To’tilar  oyog’i  daraxtda   yurishga  yaxshi moslashgan  
c) Uchuvchilar  kuchli  jasur, dadil va  qat’iyatli   kishilardir     
d) O’zbekistondagi  ko’hna  shaharlardan   biri  Xiva   hisoblanadi      
14. Yasama  otlar  qaysi   qatorda  berilgan ?  
a) Maktab, kitob,dars                
b) Bog’ ,dala ,shiypon    
c) Jilg’a ,daryo ,ko’l                 
d) Suxandon ,san’atkor ,binokor   
15. Paytni  anglatuvchi  otlar    qo’llangan  gap  qatorini   aniqlang  
a) Ko’p  jism  va   narsalar  shar  shakliga   ega                                                                             
b) She’riy  nutq  yuritish   nutqqa   muayyan  tartib berishdan boshlanadi .
c) O’zbek tili eng qadimgi tillardan hisoblanadi 
16. Orttirma daraja shaklidagi sifat berilgan qatorni toping.
a) Ko’kish, sarg’imtir ,kuchliroq.            
b) Oppoq, nihoyatda  viqorli, yam-yashil.                     
c) Qizg’ish, yassi, uchqur.                     
d) Sarg’ish, ko’kimtir, katta.  
17. Kichraytirish qo’shimchalari yordamida hosil bo’lgan otlar qaysi qatorda berilgan? 
a) Do’stlik,ahillik,birodarlik                
b) Qo’rg’oncha,qizaloq,uycha 
c) Uycha,darcha , laycha                       
d) Gul,ko’kat,o’simlik
18. Turdosh otlar berilgan qatorni toping. 
a) bola,binafsha,bo’tako’z                   
b) go’zal, moviy, musobaqa 
c) Tinglamoq, izlamoq, sayr qilmoq   
d) Andijon,Farg’ona,Namangan 
19. Ibora  qo’llanilgan gap  qatorini   toping 
a) Adab –aql va  iymonning  chirog’i obro’ –e’tibor  sarmoyasidir   
b) Akbarjonning  tepa  sochi   tikka  bo’ldi         
c) Deydilarki, kungaboqar umr  bo’yi kunga   boqar    
d) O’tkir  zehnli  bola
20. Tilshunoslikning  leksikologiya  bo’limida   nimalar  o’rganiladi  
a) So’z  va so’z ma’nolari                  
b) Tilning  tovush  tizimi    
c) Gap                                                 
d) So’z  birikmalari  
21. Nuqtalar o’rniga mos keladigan so’zlarni tanlang .Inson …faqat bo’lishni o’zi...qiladi  
a) Bilan ,dilkash, o’zlik                     
b) Uchun, aqlli, kamlik  
c) Kabi, tadbirkor ,yetarli                 
d) Haqida ,yetuk ,ma’lum 
22. Tasviriy ifoda berilgan qatorni toping  
a) Belni bog’lamoq                          
b) G’azal  mulkinimg sultoni 
c) Daftarga  yozmoq                          
d) A va C  javoblar to’g’ri 
23.  Faqat  e unlisi  qo’llaniladigan so’zlar qatorini toping.
a) …kin,…rkin,…                     
b) …man,…t…lak, 
c) T…rak,t…lba                         
d) …shak,b…lak; 
24. Qaysi qatordagi so’zlar tutuq belgisi bilan qo’llaniladi?  
a) Sinoat,shijoat,saodat                
b) A’lo,ma’no,san’at  
c) Sun’iy,tabiiy,sheriy                 
d) Talab,shariat,sanoat
25. Qaysi qatordagi so’zlarda bo’g’in ko’chirish qoidasi buzilgan?   
a) Ko’ng-il,sing-il                         
b) Pe-sha-na,ko’ch-gan
c) Mat-bu-ot                                  
d) Pi-choq,mai-shat
 
                
 

                                                          IV-chorak       II variant
 
1. O’rin-joy otlari berilgan qatorni toping.
a) Soylik, soat, dorboz.                   
b) Jarlik, tepalik, soylik.
c) Dehqonchilik, jilg’a, qir.            
d) Tog’lik, siyohdon.     
2. Qaysi qatordagi gapda holat ma’nosi ifodalangan?  
a) Daraxt ko’kardi.                  
b) Axmad o’qidi.   
c) Gulnora keldi.                     
d) Quyosh chiqdi. 
3. Qaysi qatorda bir o’zakdan yasalgan so’zlar bor.
a) Gulla, gulchi, guldor          
b) Suvchi, suvli, o’yla 
c) Aqlli, aqlsiz, gulchi                
d) O’qituvchi, o’quvchi, so’zchi  
4. Shaxs otlari berilgan qator.
a) Bog’bon, o’quvchi, muhrdor                
b) Folbin, Dehqonobod, oshpaz 
c) Maqtanchoq, hurkavich, kitobxon         
d) Sayroqi, bilag’on, tirishqoq  
5. Sifat so’z turkumi asosida hosil bo’lgan atoqli otni toping. 
a) Aziz, go’zal, shirin                         
b) Ulug’, sotiboldi, asal  
c) Anor, Rayhon                                
d) Aziz, Xursand, Saksonboy    
6. Qaysi qatorda narsa oti yasovchi qo’shimchalar berilgan?
a) –gi, -q, -g                    
b) –chi, -a, -bin                 
c) –g’in, -paz, -in            
d) –kash, -soz, -chi   
7. O’rin-joy otlari yasovchi qo’shimchalar berilgan qatorni toping.  
a) –iston, -goh, -zor             
b) –goh, -y, -obod       
c) –iq, -loq, -a        
d) –cha, -ot, -iston    
8. Mavhum ot berilgan qatorni toping. 
a) Hayo qalbning haqiqiy ko’zgusidir.    
b) Ular qushchalarni tomosha qilishdi.      
c) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko’p bo’lgan o’rmon.     
d) Hozir ular uchun eng bexatar yo’l Toshkent edi.
9. Qaysi qo’shimchalar sifat so’z turkumini yasashda asosiy rolni bajaradi. 
a) –dor, -li, -aki                     
b) –mand, -gi, -xon     
c) –lik, -ba, -ish                     
d) –k, -iq, -at
10. Quyidagi gaplarning qaysi birida tirening ishlatilishida xatolikka yo’l qo’yilgan. 
a) Eshitganlarim – haqiqatdir.            
b) Taniganim – do’stlarim. 
c) Aziza – tikuvchi.                           
d) ukam – o’quvchi
11.  –siz,   -ona, -larcha, -siga, -cha, -lab   qo’shimchalari bilan qaysi so’z turkumi yasaladi?  
a) ot;                  
b) fe’l;                     
c) ravish;                          
d) sifat;    
12.  Ravishlar   tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi?    
a) 3;                 
b) 4;                    
c) 5;                       
d) 6;  
13. Ravishlar tuzulishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
a) holat; payt;                                        
b) sodda; holat   
c) daraja – miqdor, qo’shma;                 
d) sodda, juft, takror, qo’shma  
14. Hisob so’zlarning asosiy vazifasi…  
a) Narsalarning sanog’i va o’lchovini umumlashtiradi.    
b) Nutqqa jozibadorlik bag’ishlaydi.    
c) Sanoq son bilan sanaladi,.                 
d) Takrorning oldini oladi.  
15. Payt ravishlari berilgan qatorni toping.   
a) Astagina, tezroq                             
b) Onda-sonda, ba’zan
c) Shu yerda, o’tgan yili                      
d) Kecha, qayerdan    
16. -in qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan?
a) Keskin, otashin.              
b) To’kin, erkin.   
c) Chirkin, yog’in.             
d) Tiqin, yig’in.   
17.  Kunduzlari quyosh sarotondagiday qizdirib turdi. Ostiga chizilgan so’z qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? 
a) Holat ravishi             
b) Payt ravishi           
c) Sifat          
d) Ot
18.  Ravish + ot tarzida yasalgan qo’shma sifatni toping. 
a) Hozirjavob                   
b) Kaltafahm 
c) Ochofat                        
d) Xompishgan    
19. Qaysi qatorda takroriy sifatlar berilgan?  
a) Mayda-mayda, shirin-shirin, tovoq-povoq.  
b) Lo’ppi-lo’ppi, achchiq-achchiq, yirik-yirik. 
c) Katta-katta, dasta-dasta.                                 
d) a va b.  
20. Sifatlarning qiyosiy-daraja shakliga beshtadan misol yozing.   
21. Sonlarning ma’no guruhlariga qaysilar kiradi?
22. Ravish yasovchi qo’shimchalarga misol keltiring.
23. Miqdor-daraja ravishlari qaysilar?
24. Rang-tus, maza-ta’m beruvchi sifatlar.
25. Jamlovchi sonlar  va ularning yasalishi haqida yozing.
 
 
 
 
 

Смотреть все