Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

"Omina" jome masjidi imom-xatibi Muxidinov Yusufxon domla boshchiligida "Jaholatga Qarshi Ma'rifat" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi


2025-yil 14-oktabr kuni 53-maktabda "Omina" jome masjidi imom-xatibi Muxidinov Yusufxon domla boshchiligida "Jaholatga Qarshi Ma'rifat" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Husniobod, G‘ayratiy, Adolat va Anorzor mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi, maktab o'qituvchilari va o'quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirning maqsadi – jamiyatda, ayniqsa yoshlar orasida ma’rifatni keng yoyish, diniy ekstremizm va terrorizm kabi buzg'unchi g'oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulug'lashdan iborat edi.
Muxidinov Yusufxon domla o'z ma'ruzasida bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan turli tahdidlar, xususan diniy ekstremizmning yoshlar ongiga salbiy ta'siri, ilm-ma'rifatning insoniyat hayotidagi o'rni va ahamiyati xususida so'z yuritdi. Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy va diniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lishga o'rgatish muhimligi ta'kidlandi.



Смотреть все