Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Islom taraqqiyot banki (ITB) Bosh ofisi direktori Ibrohim Shoukry hamda tashkilotning mintaqaviy ofisi rahbari Ali Xon bilan uchrashdi


Suhbat davomida hamkorlikdagi loyihalarning bugungi kundagi holati, ularni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
➖ Ma’lumot uchun: bugungi kunda Vazirlik va  ITB hamkorligida 2 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda RBF tizimini joriy etish haqida so‘z bordi. Bu tizim loyihalarni an’anaviy usulda emas, balki belgilangan natijalarga erishilgach moliyalashtirish imkonini beradi.
E’tiborli jihati — RBF tizimi O‘zbekiston ta’lim sohasida ilk bor joriy etilmoqda. Bu ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Muloqot yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zaro kelishib olishdi.


Смотреть все