Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

"Binafsha" oromgohi tarbiyalanuvchi yoshlari 8-iyul kuni "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Quvnoq startlar" estafetasida ishtirok etishdi


Ushbu tadbir yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va musobaqa sharoitida o‘zaro hamjihatlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 
"Quvnoq startlar" estafetasida yoshlar turli xil qiziqarli va sportga oid mashqlarni bajarishdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonlik, tezlik va kuchlilik qobiliyatlarini namoyish etishdi. 
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasidagi "Quvnoq startlar" estafetasi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan. 



Смотреть все