“Yil tarbiyachisi maktabi – 2025” o‘quv amaliy seminariga start berildi

Bugun “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari ish tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil tarbiyachisi maktabi - 2025” mavzusidagi o‘quv seminariga start berildi.
Tadbirni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ochib berdi.
Poytaxtda tashkil etilgan o‘quv jarayonlariga 500 nafarga yaqin ishtirokchilar qamrab olindi.
O‘quv seminarlarida:
Maktabgacha taʼlim tashkiloti va maktab o‘rtasidagi innovatsion hamkorlik asosida qo‘shma pedagogik kengashni noanʼanaviy usulda tashkil etish;
Besh kun - besh faoliyat: bolani har tomonlama rivojlantirishga yo‘l;
Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar uchun multstudiyani tashkil etish orqali, ularni zamonaviy taʼlim muhitiga tayyorlash;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish ko‘zda tutilgan.