Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Qadrli oʻquvchi-yoshlar, Aziz maktab bitiruvchilari!


Bugun barchangizning qalbingizda oʻzgacha his-tuygʻular kechayotganini, katta hayot ostonasida turib oʻz kelajagingiz uchun turli rejalar tuzayotganingizni yurakdan his qilib turibman.

Maktab — oila kabi har biringizning hayotingizda katta oʻrin egallagan. Sinfdoshlaringiz oʻrtasidagi mehr-oqibat va samimiy doʻstlik tuygʻulari kelgusida ham bardavom boʻlishiga ishonaman.

Joriy oʻquv yili yakunida respublikamizdagi oʻn mingdan ziyod maktablarning 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar yigit va qizlar tugatishmoqda. Aʼlo bahosi va namunali xulqi bilan oʻrnak koʻrsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanishadi.

Albatta, bu yutuqlar sizlarning hayotingizda dastlabki muvaffaqiyatdir. Kasbingiz ortidan erishadigan mukofotlaringiz va hayotdagi boshqa zafarlaringiz hali oldinda. Bu yoʻlda barchangizga katta omadlar tilab qolaman.

Bugun chalinadigan soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari bir umrga yuragingizdan joy olishiga ishonaman. Uning jarangdor sadolari hamisha begʻubor yoshlik va oʻquvchilik davringizni yodga solib turishi shubhasiz.

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman, aziz bitiruvchi yoshlar!
 


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri



Смотреть все