Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Yunusobod tumanida "Yashil chiroq-2024" musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi

Joriy yilning 17-aprelida Yunusobod tumanidagi 220-umumta'lim maktabida "Yashil chiroq-2024" musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB YXXB axborot xizmati bo'limi boshlig'i K.P.Xudoyberganov, Axborot xizmati bo'limi muharriri B.Sobirov, Toshkent shahar yo'l harakati xavfsizligi brigadasi 3-battalion yo'l patrul xizmati inspektori S. A. Lutfullayev, Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bosh mutaxassisi D. I. Mo'minova, o'quvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar. 
Musobaqada 12,58,63,86,88,98,117,240,271,274 - umumta'lim maktab jamoalari belgilangan nizom asosida 16 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar. Natijalarga ko'ra:
1-o'rin - 274 maktab
2-o'rin - 86 maktab
3 o'rin - 98, 88 - umumta'lim maktab
lari egalladilar.
G'oliblar Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining faxriy yorliq, "Tashakkurnoma" va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


Смотреть все