Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Lissabon: Xalqaro tadqiqotlar bo’yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi o’rganilmoqda


Avval xabar berganimizdek, Portugaliyaning Lissabon shahrida TIMSS 2023 tadqiqoti doirasida Milliy loyiha kordinatorlarining yettinchi uchrashuvi bo’lib o’tmoqda. 
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirok etayotgan ushbu uchrashuvda O’zbekiston vakillari ishtirokida bir qator mamlakatlarning tajribalari o’rganildi. 
Mazkur tadbirda guruhlarga bo’linib, tadqiqot natijalarini e’lon qilish, xalqaro va milliy hisobotni tayyorlash, sinov jarayonlarga oid muhim ma’lumotlar bilan ishlash tajribalari haqida muhokamalar tashkil etildi. 
Bundan tashqari, IEA tashkiloti hamda Singapur davlati vakillari bilan o’zaro muhokamalar o’tkazildi.


Смотреть все