Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi


Hamkorlikdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayonida taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashdir. 
Shuningdek, ushbu hamkorlik o‘quvchi yoshlarda keng dunyoqarash, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda yuksak kasbiy bilim va mahoratni egallagan, ijodkor, tashabbuskor va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatiga ega, strategik fikrlovchi salohiyatli kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga ko‘maklashadi.


Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati








Смотреть все