Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

2-3-dekabr kunlari Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida ''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. 
⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa yuqori kayfiyat va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. 

🏆Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇-o‘rin — Toshkent shahri;
🥈-o‘rin — Jizzax viloyati;
🥉-o‘rin — Buxoro viloyati jamoalari egalladi. 

✅Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, ''Yoshlik'' JTSJ Markaziy kengashi mas'ullari tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom, medal, ramziy kubok va esdalik sovg‘alari  topshirildi.

Смотреть все