Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

100 nafar iqtidorli o‘quvchi “Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol 100 nafar maktab o‘quvchilarini aniqlash maqsadida hujjatlar qabul qilayotgani haqida avvalroq xabar qilgandik. 
Eng faol, iqtidorli, zukko, tashabbuskor 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan  maktab o‘quvchilaridan iborat “Ziyolilar” to‘plami qahramoniga aylanish maqsadida 9314 nafar o‘quvchi ariza topshirgan.
Ushbu to‘plamga kirish istagida bo‘lgan o‘quvchilar anketada o‘zlarining qiziqishlari, yutuqlari hamda boshqa tengdoshlaridan farqi haqida yozishgan. Dastlabki bosqichda 343 ta ariza saralab olinib, bugun ulardan Almanaxga kiradigan 100 nafar o‘quvchi tanlab olindi. Tanlov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi vakillari tomonidan amalga oshirildi.
Saralab olingan o‘quvchilar o'qish va hayotdagi yutuqlari, ko'plab xalqaro tanlovlarda g‘olib bo'lgani, turli volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani, maktab yoshida bo‘lishiga qaramay o'ziga xos fikrga egaligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi.  
“Ziyo forum” bilan hamkorlikda hujjat topshirgan o'quvchilarni vazirlik rasmiy sahifalari orqali yoritib borishga kelishib olindi. Tashkilotchilar saralab olingan o‘quvchilarning ota-onalari bilan bog'lanib, ular ishtirokida fotosessiya tashkil qilinadi hamda 100 nafar o‘quvchi “Ziyolilar School” almanaxiga kiritiladi.

Смотреть все