Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Birinchi qo'ng'iroq sadolari yangradi

Yunusobod tumanidagi 53-umumta'lim maktabida “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiri "Yangi hayot uchun Yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida oʻtkazildi. Unda Yunusobod tumani hokimligi mutasaddilari, xalq ta'limi vakillari va ota-onalar ishtirok etdi. Davlatimiz madhiyasi bilan boshlangan bayram tadbirida taklif etilganlar soʻzga chiqib, oʻquvchilarni yangi oʻquv yili boshlanganligi bilan tabrikladi. Tadbirda ilm dargohiga ilk qadam qoʻygan 131 nafar  oʻgʻil-qizlarga Prezident sovgʻalari topshirildi. “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiriga ushbu maktabda tahsil olib, davlat boshqaruvida faol mehnat qilayotgan insonlar, tadbirkorlar ham taklif etildi. Ular soʻzga chiqib, oʻquvchilarga yaxshi oʻqib, yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshadigan inson boʻlishida omad tiladi. “Bilimlar kuni” maktablarda “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanib, unda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari haqida oʻquvchilarga soʻzlab beriladi.

Смотреть все