Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabimizda sportning shashka yo‘nalishi bo‘yicha "Zulfiya" mukofoti sovrindori Sadoqat To‘laboyeva bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15 mart kuni maktabimizda sportning shashka yo‘nalishi bo‘yicha "Zulfiya" mukofoti sovrindori Sadoqat To‘laboyeva bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Sadoqat To‘laboyeva o‘quvchilarga o‘zining bilim va ko‘nikmalarini ulashish bilan birgalikda ular bilan dildan suhbat qurdi. Yuragida o‘ti bor, shijoatli o‘zi kabi iqtidorli qizlarning orzu va havaslarini maqsadga aylantirishda turki bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javob oldilar. Davra suhbati ko‘ngil ochar musiqiy dasturga ulanib, she'r, turli kuy va raqslar tomoshabinlar kayfiyatiga yanada kayfiyat ulashdi.

Смотреть все