Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

“Yosh kitobxon” tanlovining 20-30 yosh toifadagi g‘oliblari taqdirlandi

Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining so‘nggi 20-30 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi.
Ishtirokchilar final bosqichining so‘nggi 5-shartida "Tezkor savol-javob" bo‘yicha bellashdilar. Unga ko‘ra, Namangan viloyatidan Zamira Abdullaeva 243,7 ball bilan "Spark" avtomobili sohibasi bo‘ldi. Samarqand viloyatidan Iroda Safoyeva 224 ball to‘plab 50 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Sirdaryolik Azamat Fayzullaev esa 213,6 ball bilan 30 million so‘m pul mukofotiga ega chiqdi.  
Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilarga 10 million so‘mdan pul mukofoti berildi. 
Yoshlar ishlari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, “Yosh kitobxon” tanlovining 2023 yilgi mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish 1 mart sanasidan boshlanadi.  
 
Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Смотреть все