Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanboyeva rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, umumta’lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilashga bag‘ishlangan tadbirda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari direktorlari ishtirok etdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Toshkent shahar Sanitariya va epidemiologiya markazi bo‘limi mudirlari Dilfuza Rasulova hamda Dilfuza Hikmatovalar ham qatnashib, o‘quvchilar salomatligini ta’minlash borasida qilinadigan muhim vazifalar xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. 


Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati

Смотреть все