Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuniga bag‘ishlab adabiy va badiiy kecha o‘tkazildi
Joriy yilning 7 fevral kuni Uchtepa hokimiyati Madaniyat uyida ulug‘ mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuniga bag‘ishlab adabiy va badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda Yunusobod tumani 53-maktabning 9-a sinf o‘quvchisi Shonazarova Madina va 7-a sinf o‘quvchisi Kurganova Ra’nolar mutafakkirlarimizning ruboiy va g‘azallari hamda o‘zlarining yozgan she'rlari bilan faol ishtirok etib, sertifikat va kitoblar bilan taqdirlandilar.

