"Kitob - aql chirog‘i!" deb nomlangan kitoblar targ‘iboti va davra suhbatini o‘tkazishdi
Yunusobod tumanidagi 53-sonli maktab kutubxonachisi SH.Muhammadaliyeva hamkorligida Yunusobod tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi F.Usmonov yuqori sinf o‘quvchilari bilan "Kitob - aql chirog‘i!" deb nomlangan kitoblar targ‘iboti va davra suhbatini o‘tkazishdi. Davra suhbati va kitoblar targ‘iboti davomida mutaxassislar maktab kutubxonasida va tuman Axborot-kutubxona markazida mavjud bo‘lgan o‘zbek va xorij adabiyotlari, xorij adiblarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari haqida ma’lumot berishdi.
