O'quvchilar qishki ta'tilni mazmunli o'tkazishmoqda
Maktabning 2-"A" sinf o'quvchilari qishki ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida "Ertaklar yaxshilikka yetaklar"mavzusida sahna ko'rinishini tashkil etishdi. Sinf rahbari Norqulova G boshchiligida tashkil etilgan sahna ko'rinishida o'quvchilar faol ishtirok etishga harakat qilishdi. Sahna ko'rinishini tomosha qilish uchun maktab o'qituvchilari tashrif buyurishdi. Har bir tashrif buyurgan o'qituvchi bolalarning yaratgan sahna asarlariga yuqori baholar qo'yishdi.


Sinf rahbari Norqulova G.S