Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

2022 yilda Xalqaro va Respublika olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar 3,1 mlrd. so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi


2022 yil davomida Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan mamlakatimiz maktab o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida belgilangan jami 3 mlrd. 120 mln. so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 
Jumladan:
8 ta mintaqaviy xalqaro olimpiadada ishtirok etib, jami 27 ta (2 ta oltin, 11 ta kumush, 14 ta bronza) medalni qo‘lga kiritgan g‘olib o‘quvchilarga jami 84 mln. so‘m;
5 ta nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, jami 6 ta (4 ta kumush, 2 ta bronza) medalni qo‘lga kiritgan g‘olib o‘quvchilarga jami 480 mln. so‘m; 
Birinchi va ikkinchi guruh fanlaridan Asosiy olimpiadaning  viloyat bosqichi (25 000 ga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirok etgan) g‘olib o‘quvchilariga 2.4 mlrd. so‘m;
1-11 iyun kunlari Samarqand, Jizzax, Navoiy va Toshkent shahrida tashkil etilgan Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi (700 ga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirok etgan) g‘olib o‘quvchilariga 156 mln. so‘m pul mukofotlari to‘lab berildi.
Shuningdek:
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Artel ishlab chiqarish kompaniyasi nodavlat ta’lim tashkiloti hamkorligida 2 bosqichda tashkil etilgan To‘xtamurod Jumayev nomidagi Qorako‘l matematika olimpiadasi (birinchi bosqichda 16 ming nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etgan)ning Respublika bosqichi g‘olib o‘quvchilari ham munosib taqdirlanishdi.

Смотреть все