Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

“Noyabr — xorijiy tillar fan oyligi” yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Toshkent shahar Xalq ta'limi bosh boshqarmasi tashabbusi bilan “Noyabr — xorijiy tillar fan oyligi” yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.  Unda poytaxt umumta'lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan ikki yuz nafarga yaqin xorijiy tillar fan o‘qituvchilari  qatnashdi. Tadbir davomida fan oyligining  sarhisobi va kelgusida xorijiy tillarni o‘qitishda ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar tuzib olindi.  Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligining Toshkent shahar vakilligi boshlig‘i Muqaddas Ogay o‘z taqdimoti bilan qatnashdi hamda Britaniya Menejment universiteti professor-o‘qituvchisi Saymon Poli chet tili o‘qituvchilari uchun ma'ruza o‘qidi. So‘ngra chet tili o‘qituvchilari 4 ta sho‘'baga bo‘linib, ingliz tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha seminar-treninglarda qatnashdi.



Смотреть все