Toshkent shahar Yunusobod tuman 53-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"

1-iyun — "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan joriy yilning 25-may kunidan 2-iyun kuniga qadar "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari!" shiori ostida Respublika bolalar kutubxonasi va viloyat bolalar kutubxonalari tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan bir qancha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

➡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan ushbu bayram haftaligi doirasida 1-iyundan 3-iyunga qadar soat 18:00 da "G‘afur G‘ulom" nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida "Bolalar kitob festivali" o‘tkaziladi.

🔻Ushbu festivalga barcha kitobxon bolajonlarni chorlab qolamiz. Festival davomida faol kitobxon o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar viktorinasi, raqslar guldastasi, estrada xonandalari tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar hamda she'riyat kechasi bo‘lib o‘tadi.



➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Смотреть все